avatar
Куч
0.33
Рейтинг
+0.56

Ziyadullayev Sobitjon Ubaydulla o'g'li

Мақолалар

Yetmadi meni sabrim

Блог им. z-sobit

Charchadim yolg`izim, charchadim dilim,


Sizsiz yashamoqdan qiynaldi qalbim,


Ne qilay yurakdan sog`insam ayting,


Sizsiz yasholmayin qiynalsa qalbim.


Sizdan kecha olmadim ne qilsam hamki.


 


Dardlarim doimo ichka yutsamda,


Ko`zimda ko`rinar ma`yus nigohim,


SIzsiz yashamoqdan qiyinalar qalbim.


Sizdan ketgandim hayot sinovin deb,


Bugun sinovlarga yetmadi sabrim.


 



I.A.Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi va uning milliy ma’naviyatni mustahkamlashdagi ahamiyati.

Блог им. z-sobit

Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o`z navbatida shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur bo`lgan zamin bo`lib xizmat qiladi. Buni chuqur his qilgan va o`z qalbidan o`tkazgan Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy-ma’naviy tiklanish bilan uyg`un holatda bo`lishi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. U o`zining hajmi jihatdan kichik bo`lsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo`lgan «O`zbekistonnnig o`z istiqloli va taraqqiyot yo’li» nomli asarida mustaqillikdan keyin O`zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. Umuman bu asar O`zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g`oyalar o`tgan davrda o`zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko`tarildi.


Islom Karimov ushbu asarida mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlarini belgilab berar ekan, «O`zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o`z yo`li to`rtta asosiy negizga asoslanadi» – deb ko`rsatadi va quyidagilarni belgilab beradi.


-         umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;


-         xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;


-         insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;


-         vatanparvarlik[1].


Asarda ana shu negizlarning mohiyati ham ochib berilgan. Jumladan, Islom Karimov shunday yozadi: «Mustaqil O`zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.Xalqimiz adolat, tinchlik, ahil-qo`shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab – asrab kelmoqda. O`zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag`ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir»[1]


Ko`rinib turibdiki, Prezidentimiz o`z asarida ma’naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini belgilab bergan.


Muallif xalqimizning ma’naviy ildizlari chuqur ekanligini alohida ta’kidlaydi, ularni qayta tiklash va yangi mazmun bilan boyitish zarurligini strategik vazifa sifatida belgilaydi. Bu masalaga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlayotganimizga asosiy sabab shuki, muallif keyingi asarlarida ham ma’naviy merosimizni qayta tiklash g`oyasini ijodiy rivojlantiradi va uning millatimiz ma’naviy taraqqiyoti uchun asosiy yo`nalish bo`lishini asoslab beradi.


Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida to`xtalib insonparvarlikning o`zbeklarga xos qirralarini ko`rsatib berishga e’tiborni qaratadi. Jumladan, «Insonparvarlik bu o`zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo`ravonlik uning tabiatiga yotdir».


Xuddi mana shu fazilatlarimizning mohiyatini talabalarga yetkazish muallimning diqqat markazida bo`lishi zarur. Chunki milliy ma’naviyatimizning asosiy manbalari ana shunga borib taqaladi. Bugungi yoshlarimiz buning mohiyatiga yetib borishlari zarurdir.


Asarda ma’naviyatning xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirishdagi roli ham asoslab berilgan. Jumladan, Prezidentimiz shunday yozadi: «Xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimizning qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg`usi bilan yetilgan»[2].


Ma’naviyatning milliy taraqqiyotidagi o`rni va uni o`zlashtirish zarurligi asarda ilmiy asoslangan: «Ma’naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi»[3].


Prezidentimiz milliy taraqqiyotimizning dasturi darajasiga aylangan birinchi asari «O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`li» dayoq ma’naviyatning inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib shunday yozgan edi: «Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog`ini bosadi. Xuddi shuningdek inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi»[4].


Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o`rganib borar ekansiz, ularda oldingi asarlarda ilgari surilgan g`oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunanva mohiyatan boyitilganligini ko`ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitish jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo`lgan ijobiy o`zgarishlar bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari o`z ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisning XIV-sessiyasidagi «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusidagi ma’ruzasida ma’naviyat tushunchasiga quyidagi fundamental ta’rifni beradi: «Ma’naviyat… insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan vijdonini uyg`otadigan qudratli botiniy kuch...»[1]dir.


/>

[1] Каримов И.А. Узбекистон XXI асрга интилмокда. Т: Узбекистон, 1999, 17-бет.




/>

[1] Уша жойда.



[2] Уша асар 78-бет.



[3] Уша жойда.



[4] Каримов И.А. Узбекистон: миллий истиклол, икисод, сиёсат, мафкура. (Нуткар, маклалар сухатлар). Т: Узбекистон, 1993, 78-бет.




/>

[1] Каримов И.А. Узбекистон: миллий истиклол, иктисод, сиёсат, мафкура. Т: Узбекистон, 1993, 74-бет.